Shosse boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkazildi
Toshkent viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazildi.
Toshkent viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazildi.
Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shahridan 44 kilometr masofada oʻtkazilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 dan ortiq sportchi yoshlar oʻn toʻrtta jamoa safida oʻzaro kurash olib borishdi.
Shuningdek, erkaklar va xotin-qizlar oʻrtasida oʻtgan vaqt poygasida Andrey Izmaylov va Yanina Qoʻchqorov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Jamoaviy poygada Sergey Medvedov, Andrey Izmaylov, Ulugʻbek Saidov, Marat Sulyayev jamoasi gʻalaba qozongan boʻlsa, guruh bahslarida Sergey Medvedev va Dian Adelshinova birinchi oʻrinni egalladi.