Sherzod Poyonov Osiyo o‘yinlarida kumush medalga ega chiqdi
XX Osiyo o‘yinlarining sport kurashlari bo‘yicha musobaqalari doirasida erkin kurash yo‘nalishida so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvlari davom etmoqda.
Erkin kurash dasturining 97 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Poyonov so‘nggi hal qiluvchi final bahsini eronlik Amir Ali Azarpiraga qarshi o‘tkazdi. Unda polvonimiz mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza, jami 70 ta medal bor.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA