“Şençjou-24” ekipaji tarkibida pokistonlik fazogir ham bor
Inson boşqaradigan “Şençjou-24” fazoviy kemasi uçirilişi Xitoy şimoli-ğarbidagi Szyutsyuan kosmodromidan amalga oşirildi. Markaziy televideniye parvoz muvaffaqiyatli keçganini eʼlon qildi.
– Ekipaj yaxşi holatda, kötariliş töliq muvaffaqiyatli keçdi, – deyilgan xabarda.
“Şençjou-24” jamoasi tarkibida xitoylik Tang Xongbo va Vu Yi, şuningdek pokistonlik Muhammad Ziyşon Ali bor. Ali koinotga yöl qilgan ilk Pokiston fuqarosi hamda “Tiangong” orbital stansiyasiga çiqadigan ilk xorijiy fazogir hisoblanadi.
“Tyangun” milliy orbita bekati yaşaş maydoni taxminan 110 kub/metr bölib, bir vaqtning özida 3 kosmonavt yoki ekipaj almaşinuvi payti 6 fazogirni siğdira oladi. Maskanning loyihalaştirilgan foydalaniş muddati 15 yil – 2038-yilgaça.
S.Rahimov, ÖzA