GFR aholisining aksariyati Mersdan norozi
BelTA xabariga köra, Germaniya aholisining qariyb 90 foizi Kansler Fridrix Mersning işidan noroziligini bildirgan. Bu yangi aksil rekord. "Forsa" sotsiologiya instituti tomonidan RTL va NTV telekanallari uçun ötkazilgan sörov natijasi şundan guvohlik bermoqda, deya xabar bergan "RIA Novosti".
– GFR fuqarolarining 88 foizi Federal Kansler Fridrix Mersning işidan norozi, bu ötgan haftaga nisbatan ikki foiz köp, – deyilgan RTL telekanali xabarida.
Sörov natijasiga köra, hozir olmonlarning atigi 11 foizi yetakçi işini ijobiy baholamoqda. Qolaversa, amaldagi rahbarni qöllab-quvvatlaş hatto uning boşçiligidagi konservativ guruh tarafdorlari orasida ham borgan sari kamaymoqda. Ayni payt nasroniy-demokratlarning atigi 39 foizi Mers faoliyatidan rozi.
Sörov 17-23-noyabr kunlari 2 500 iştirokçi orasida ötkazildi. Statistik xatolik taqriban 2 yarim foizligi taxmin qilingan.
A.Mamatov, ÖzA