Avstraliya boşlanğiç maktablarida planşet taqiqlanadi
Bolalar uçun ijtimoiy tarmoqqa federal çeklov qöyilgandan söng Janubiy Avstraliya hukumati ştat maktablaridagi boşlanğiç sinflardan planşet va noutbukni olib taşlaş, yuqori sinflar uçun haftalik ekransiz kunni sinovdan ötkazişga qaror qildi. ABC teleradiokorporatsiyasi şunday xabar tarqatdi.
Taqiq 2027-yil barça ştat boşlanğiç maktablarida kuçga kiradi va maktabgaça taʼlim muassasalaridan ikkinçi sinfgaça bölgan öquvçilarga nisbatan qöllanadi. 3-6 sinflar uçun 10 maktabda 6 oy davomida haftasiga bir ekransiz kun joriy etiladi. Nogiron yoki maxsus taʼlimga ehtiyoji borlar uçun istisno mavjud.
Çeklov sababi qöl yozuvi könikmasini rivojlantiriş istagi bilan boğliq. 3-4 sinf öquvçilari uçun alohida qöl yozuvi dasturi joriy etiladi.
Şuningdek, rasmiylar bolalar öz qurilmasini sinfga olib keliş amaliyotini bosqiçma-bosqiç töxtatişni reja qilgan. Buning örniga maktab tomonidan berilgan, ştat Taʼlim departamenti xavfsizlik tizimiga ulangan moslamalar tarqatiladi.
Avstraliyada bolalar ijtimoiy tarmoqdan foydalanişiga oid federal çeklov 2025-yil 10-dekabrdan kuçga kirgan. Mazkur tartibga böysunadigan platformalar 16 yoşgaça bölgan foydalanuvçilarning sahifa oçişi yoki yuritişiga yöl qöymaslik uçun oqilona çora körişi şart.
S.Rahimov, ÖzA