Shaxmatchilarimiz jahon kubogidagi yurishini boshladi
Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha dunyoning eng mahoratli 206 nafar shaxmatchilari ishtirokida o‘tayotgan jahon kubogi musobaqalarining 2-bosqich 1-tur o‘yinlari yakunlandi.
Kecha o‘tkazilgan mazkur tur musobaqalarida mamlakatimiz shaxmatchilaridan Javohir Sindorov chernogoriyalik Nikita Petrovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov qozog‘istonlik Denis Maxnev bilan, Nodirbek Yoqubboyev germaniyalik Niklas Xashimbent bilan, Shamsiddin Vohidov ispaniyalik Maksim Chigayev bilan durangga imzo chekdi.

Bugun, 5 noyabr kuni jahon kubogi 1/64 final bahsi, ya’ni 2-bosqich musobaqalarining 2-tur o‘yinlari tashkil etiladi. Hamyurtlarimiz raqiblari bilan javob o‘yinlarida dona suradi.

Aytish lozim, mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogi musobaqalarining bu yilgi mavsumida taniqli grossmeysterlar Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Alireza Firuzjadan tashqari FIDE reytingida Top-100 talikdan o‘rin olgan mahoratlilarning deyarli barchasi qatnashmoqda.

Bahslar yakuniga ko‘ra, kuchli uchlikdan o‘rin olgan shaxmatchilar 2026 yilgi Nomzodlar turniri yo‘llanmasiga ega chiqadi.
Kubok musobaqalari 26 noyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA