Shaxmat toji uchun kurash qayerda o‘tkazilishi natijaga ta’sir ko‘rsatadimi? (+video)
Yengilmas shaxmatchimiz Javohir Sindorovning Kiprda o‘tkazilgan Nomzodlar turnirida shov-shuvli tarzda g‘alaba qozonganidan so‘ng O‘zbekiston shaxmatchilari hayot tarziga xalqaro maydonda qiziqish yanada ortdi.
Qolaversa, joriy yil 15-27-sentabr kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘yinlari o‘tkazilishi ham O‘zbekistonga dunyo shaxmat olamining nigohi yana bir bor qaratilishi bilan ahamiyatli.
Mazkur nufuzli musobaqa boshlanishiga oz fursat qolayotgan bir paytda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyoda shaxmatga e’tibori yuqori bo‘lganlar orasida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi, Sindorovning keyingi faoliyati, umuman O‘zbekiston shaxmati xususida bir qator savollar tug‘ilayotgani bor gap.
Xo‘sh, Jahon shaxmat toji uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov yurtimizda tashkil etiladigan Olimpiadada ishtirok etadimi?
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston nechta jamoa bilan ishtirok etadi?
Yurtimizning yetakchi shaxmatchilari yaqin oylarda qaysi nufuzli turnirlarda ishtirok etadi?
Sindorov keyingi 6 oy mobaynida qancha turnirlarda qatnashadi va bu turnirlar Jahon chempionligi uchun hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlikka xalal bermaydimi?
Sindorov-Gukesh o‘rtasida shaxmat toji uchun bo‘ladigan musobaqaning Toshkentda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin?
Shu va mavzuga oid bir qator masalalar xususida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutaxassisi, shaxmat bilimdoni Baxtiyor Jumayev bilan suhbatlashdik.
Muloqot jarayonida Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov o‘rtasidagi munosabat, Sindorovning o‘yin uslubi dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan kimga o‘xshashi, yurtimizdagi shaxmat maktab va to‘garaklarining soni kabi mavzular ham qamrab olindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/k3HWnSk2M5o" title="Shaxmat toji uchun kurash qayerda o‘tkazilishi natijaga ta’sir ko‘rsatadimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev,
Nishonboy Abduvoitov (video),
Anvarxo‘ja Ahmedov(montaj), O‘zA