Shaxmat 7 yoshli Muhammadyusuf ikki karra Osiyo chempioni!
Rossiya Federatsiyasining Tula viloyatida shaxmat bo‘yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan 20-Osiyo chempionati yakunlandi.
12 ta davlatning 270 nafardan ziyod mahoratli shaxmatchi yoshlari qatnashgan qit’a birinchiligida 7 yoshli shaxmatchimiz Muhammadyusuf Bahromov o‘z iste’dodini namoyish etdi.
7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi klassik shaxmat bahslarida 8/9 ochko bilan Osiyo chempionligiga erishgan Muhammadyusuf qit’a birinchiligining blits bahslarida ham tengsiz ekanligini amalda isbotlardi.
Murosasiz kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, Muhammadyusuf Bahromov 7,5 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, yosh shaxmatchimiz 20-Osiyo maktab o‘quvchilari chempionatida klassik va blits yo‘nalishlarida Osiyo chempioniga aylandi
T. Ro‘ziyev, O‘zA