Sharqshunos tahlilchilarning forumi o‘tkazildi (+video)
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Siyosiy tahlilchi kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” mavzusidagi Sharqshunos tahlilchilarning I Respublika forumi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi faoliyatini yorituvchi maxsus videorolik namoyish etildi.
Qolaversa, “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi qisqa vaqt ichida samarali faoliyat yuritib, mazkur klubning faoliyati ayni shu yo‘nalishda muhim platformaga aylanib ulgurganligi, klub doirasida tashkil etilayotgan ilmiy munozaralar, tahliliy uchrashuvlar, yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar siyosiy tahlil maktabini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/c-IkPOW_pd8" title="Sharqshunos tahlilchilarning forumi o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA