Şanxayda “Made in Uzbekistan” mahsulotlari namoyişi
Xitoyning Şanxay şahrida IX Xalqaro import körgazmasi (CIIE) öz işini boşladi.
Mazkur xalqaro tadbirda “Özbekistonda işlab çiqarilgan” milliy stendi doirasida mamlakatimizda yetiştirilayotgan va işlab çiqarilayotgan eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari, höl mevalar hamda vino-şarbatlar ham namoyiş etilmoqda. Xalqaro tadbirda Alkogol va tamaki bozorini tartibga soliş inspeksiyasi xodimlari iştirok etmoqda.

Inspeksiya matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, körgazma doirasida Xitoy, Turkmaniston, Kanada, Meksika, Italiya va Hindistondan taşrif buyurgan delegatsiyalar, tadbirkorlar hamda işbilarmon doiralar vakillari milliy stend bilan tanişdi. Mehmonlar mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan oziq-ovqat va alkogol mahsulotlarining sifati, taʼmi va qadoqlanişiga yuqori baho berdi.
Tadbir davomida Inspeksiya xodimlari, tadbirkorlar xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, davlatlararo kooperatsiyani rivojlantiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, şuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Maʼlumot uçun, joriy yilning 5-10-noyabr kunlari bölib ötayotgan xalqaro körgazmada dunyoning 89 ta davlati öz milliy stendlari bilan iştirok etayotir. Unda 8 mingdan ortiq kompaniya öz mahsulot va xizmatlarini namoyiş qilmoqda.
Mazkur körgazmada iştirok etiş mahalliy işlab çiqaruvçilarning eksport salohiyatini kengaytiriş, Özbekiston milliy vino mahsulotlarini xalqaro bozorlarda keng tarğib qiliş hamda yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yölga qöyişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mohigul Qosimova,
ÖzA