Özbekistonda 262 ming gektar örmon va ekotizimni tiklaş rejalari işlab çiqildi
Özbekistonda Prezident qarori asosida olti viloyatda ekologik muvozanatni tiklaşga qaratilgan keng kölamli loyihalar boşlandi. Buning natijasida 262 ming gektardan ziyod örmon va yaylov hududlarida tabiiy tiklaniş, agroörmonçilik va suv resurslarini samarali boşqariş işlari olib boriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi 140-son qarori ijrosi doirasida Jizzax, Qaşqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi 37 ta örmon va 2 ta ov xöjaligi hududida loyihalaştiriş işlari yakuniga yetdi. Baholaş jarayonida örmon va ösimlik qoplami, tuproq, suv resurslari, yaylovlar, biologik xilma-xillik hamda yerdan foydalaniş holati örganildi. Natijada salkam 262 ming gektar hududda ekologik tasniflaş işlari olib borildi. Şundan 147 ming gektarda örmonlarni barpo qiliş va tabiiy tiklanişga kömaklaşiş rejalaştirilgan. Qolgan maydonlarda agroörmonçilikni rivojlantiriş, yaylov va daşt ekotizimlarini tiklaş, tuproq degradatsiyasi va eroziyasini kamaytiriş işlari olib boriladi. Şu bilan birga, suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşirişda yangiça mexanizmlar tatbiq etiladi.
“Özbekistonda barqaror örmon landşaftlarini tiklaş” loyihasi doirasida taşkil etilgan davra suhbatida Örmon xöjaligi agentligi, Jahon banki, “Yaşil loyiha" loyihalaş instituti hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari va soha olimlari tomonidan ötgan davr mobaynida qilingan işlar va olib borilgan tadqiqotlar natijalari taqdim etildi. Şu bilan birga, kelgusida qilinadigan işlar böyiça axborot berildi.
–Metodologiyadan keng qamrovli rejaga deganimizda landşaftlarni tiklaş uslubi nazarda tutiladi. Fan metodologiyasi böyiça qöllanma tayyor böldi, çop etildi va şu yerda namuna qilib körsatyapmiz, – deydi “Yaşil loyiha” loyihalaş instituti boşqarma boşliği Olimjon Qahhorov. – 2027-2036-yillarga har bir xöjalik kesimida GES platformalar yaratilib, yerlar tanlandi va aniq yönalişlar tasdiqlandi. Uşbu hududlarning ekologik holati, biologik xilma-xillik, ösimlik va hayvonot dunyosi, tuproq va iqlim şaroitlari, gidrogeologiya şaroitlari, suv resurslaridan unumli foydalaniş masalalari, u yerdagi mavjud muammolar va aholini jalb etişga eʼtibor qaratilib, “Yaşil loyiha” loyihalaş institutining 100 nafardan ziyod mutaxassislari joylarda ilmiy tadqiqotlar olib bordi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, toğ va toğoldi hududlaridagi yonbağirlarni terraslaş, yaʼni qiyaliklar, tepaliklarda suv eroziyasining oldini oliş, tuproqni himoya qiliş hamda undan samarali foydalaniş uçun sunʼiy ravişda tekis maydonçalar yaratiş közda tutilmoqda. Bundan taşqari eroziyaga qarşi kuraşiş va sel oqimlarini boşqariş, vodiy hududlarida qurğoqçilikka çidamli mahalliy turlarni ekiş, qumlarni mustahkamlaş hamda himoya örmon polosalarini barpo etiş kabi yönalişlarda işlar taşkil etiladi.
Metodologiya yaratilişida mahalliy şaroitga mos 42 tupdan ortiq daraxt va butalar, 25 turdan ortiq öt-ölanlardan foydalanildi va ijobiy xulosa olindi. Tuproq namligini saqlaş, suv tejovçi suğoriş usullari hamda yaylovlarda rotatsion çorva boqişni yölga qöyiş masalalari örganib çiqildi. Daraxt va butalarni qişloq xöjaligi ekinlari va dorivor ösimliklar bilan uyğunlaştiriş loyihada körsatib ötildi. Tavsiyalarni amaliyotga joriy etişda mahalliy aholi va fermerlarning iştirokiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ösimlik qoplami, köçatlarning yaşovçanligi va yaylovlar mahsuldorligini kuzatiş uçun masofadan zondlaş, sunʼiy yöldoş tasvirlari va dronlardan foydalaniladi.
Tadbir yakunida ilmiy izlanişlar natijasida yaratilgan uslubiy qöllanma taqdim etildi. Uni tayyorlaşda Turkiya, Albaniya, Finlyandiya, Serbiya, Kanada va AQŞ tajribasi örganilgani aytib ötildi.
Sanjar Toşpölatov,
Doniyor Yakubov, Uluğbek Töxtayev,
ÖzA