Shahar boshqaruvida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish tashabbusi (+video)
Boku shahrida o‘tkazilgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan urbanizatsiya muammolarini muhokama qilishda muhim platformaga aylandi. Mazkur anjumanda uy-joy inqirozi, iqlimga chidamli shaharlar, mahalliy tajriba va barqaror shaharsozlik yechimlari keng muhokama qilindi.
Forumning Yetakchilar sammitida davlatimiz rahbari ham nutq so‘zlab, shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida O‘zbekiston tajribalariga urg‘u qaratdi hamda bir qator global tashabbuslarni ilgari surdi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilov o‘z fikr-mulohazalari va munosabatini bildirdi.
Deputat qayd etganidek, O‘zbekistonda uy-joy qurilishi va shaharsozlik sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilib, sezilarli natijalarga erishilmoqda. Prezidentimiz o‘z nutqida mamlakatimiz tajribalarini e’tirof etish barobarida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Masalan, shahar boshqaruvida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan barcha davlatlar teng foydalanishi uchun xalqaro “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzish taklifi bildirildi.
Mazkur tashabbus bugungi kunda shaharlarni barqaror rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish, o‘zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YHIQ9Wb_0Uw" title="Shahar boshqaruvida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish tashabbusi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, D.Yoqubov, I.Ismatov (video), O‘zA