Sergey Fomin Ostonada zafar quchdi
Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer 50" tasnifiga kiruvchi “President's Cup” turnirida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Humoyun Sultonov va Sergey Fominning navbatdagi raqiblari aniq bo‘ldi.
Mukofot jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasida Sergey Fomin neytral tennischi Maksim Jukovga qarshi kortga chiqdi va uchrashuvdagi hisob 7:5, 4:1 bo‘lib turgan bir vaziyatda Maksim jarohat sabab o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Natijada Sergey ikkinchi bosqichda tailandlik Kasidit Samrej bilan raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA