Sergey Fomin Gruziyadagi turnirning 1/8 finalida
Shu kunlarda Gruziya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan erkaklar o‘rtasidagi ITF Tbilisi Open xalqaro turnirda mamlakatimiz tennischilari kurashni davom ettirmoqda. Tennis bo‘yicha ITF Tbilisi Open turnirining sovrin jamg‘armasi 25000 AQSH dollarini tashkil etadi.
3 avgust kuni "ATP Challenger Nur-Sultan 2022" turniri g‘olibi Sergey Fomin birinchi davrada Gruziya vakili Georgiy Chivadzeni (7:6, 6:4 hisobida), ikkinchi davrada esa Rossiya vakili Georgiy Fillipovni (6:4, 6:0 hisobida) mag‘lub etdi va turnirning 1/8 finaliga chiqdi.
Yana bir tennischimiz Maksim Shin saralash bahslaridan o‘tib, birinchi bosqichda O‘zbekistonning yana bir vakili Humoyun Sultonov bilan bahs olib bordi va qiyin kechgan jangda uni 6:2, 2:6, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Tennischilarimizga omad tilab qolamiz!
“O‘zmilliybank” AJ O‘zbekiston Tennis federatsiyasining bosh homiysi bo‘lib, mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati
O‘zA