Malayziyaliklar Özbekistonning ziyorat turizmiga qiziqiş bildirmoqda
Malayziyaning Kuala-Lumpur şahridagi Özbekiston elçixonasida mamlakatimizning turistik imkoniyatlariga bağişlangan taqdimot hamda ikki davlat turoperatorlari iştirokida B2B uçraşuvlar taşkil etildi.
Özbekistonning Malayziyadagi elçisi Karomiddin Gadoyev mamlakatimizda ziyorat turizmini rivojlantiriş, xalqaro sayyohlar, xususan, musulmon davlatlardan keluvçi ziyoratçilar uçun yaratilayotgan qulay şaroitlar haqida maʼlumot berdi. Jumladan, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi va Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Soha vakillarining sözlariga köra, Malayziya fuqarolari uçun Özbekistonga vizasiz kiriş imkoniyati, Toşkent va Kuala-Lumpur örtasida “Uzbekistan Airways” hamda “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari tomonidan haftasiga 7 marotaba töğridan-töğri aviaqatnovlar amalga oşirilişi kabilar Özbekistonning Malayziya sayyohlik bozori uçun jozibadorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Qayd etilişiça, Malayziya bozorida Özbekiston ziyorat turizmiga qiziqiş ortmoqda. B2B uçraşuvlar davomida esa Malayziyada Özbekistonning ziyorat, madaniy va qişki turizm yönalişlarini tarğib qiliş, tegişli turpaketlarni keng sotuvga çiqariş hamda Malayziyadan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oşiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA