SARA tadqiqoti soğliqni saqlaş holatini oçiqladi
Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va ularning joylardagi real holatini xolisona baholaş borasida xalqaro standartlarga asoslangan tadqiqot natijalari keng jamoatçilik va soha mutaxassislariga taqdim etildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi YUNISEF bilan hamkorlikda amalga oşirgan SARA (Service Availability and Readiness Assessment) tadqiqotining yakuniy natijalarini muhokama qilişga bağişlangan tadbir ötkazildi. Bunday keng formatdagi uçraşuv tibbiyot tizimidagi mavjud resurslarni oçiq baholaş va kelgusi strategiyalarni kelişib oliş uçun maydon vazifasini ötadi.

Taqdimotda taʼkidlanganidek, SARA Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan yaratilgan puxta metod hisoblanadi. Uşbu tizim orqali tibbiyot muassasalarining aholiga tibbiy xizmat körsatişga qançalik tayyorligi aniq mezonlar asosida ölçanadi. Xususan, har bir muassasaning bino va infratuzilmasi, zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaniş darajasi, dori-darmon va diagnostika vositalarining mavjudligi çuqur tahlil qilinadi.
Muloqotlar davomida sönggi yillarda soğliqni saqlaş sohasida bir qator özgarişlar amalga oşirilganiga eʼtibor qaratildi. Xususan, tibbiyotning birlamçi böğinini tubdan yaxşilaş, kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş va profilaktika kölamini kengaytiriş asosiy yönalişlardan biriga aylangani qayd etildi. Şu bilan birga, oilaviy şifokorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, tibbiy muassasalarning kadrlar salohiyatini mustahkamlaş hamda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş masalalari asosiy mavzulardan böldi.

Tadqiqot maʼlumotlari tibbiyot muassasalari faoliyatidagi mavjud muammolar va yetişmovçiliklarni yaqqol körsatib beradi. Olingan natijalar moliyaviy mablağlar va investitsiyalarni aynan eng köp ehtiyoj sezilayotgan yönalişlarga yönaltiriş imkonini beradi. Kelgusida qabul qilinadigan boşqaruv qarorlarining aniq raqamlar va hayotiy tahlillarga asoslanişini taʼminlaydi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA