Sanitariya-epidemiologik barqarorlik yölidagi hamkorlik
Hududlarga yuqumli kasalliklar kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş hamişa dolzarb masala bölib kelgan.
Bu jamoat salomatligi, xavfsizligi va davlatlararo hamkorlik bilan bevosita boğliqdir.
Rossiya Federatsiyasining Irkutsk şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga aʼzo davlatlar vakillari iştirokida “Hududlarni yuqumli kasalliklarning kirib kelişi va tarqalişidan sanitariya jihatidan muhofaza qilişning zamonaviy muammolari” mavzusida tadbir bölib ötdi.
Mazkur XVIII davlatlararo ilmiy-amaliy konferensiyada MDHga aʼzo davlatlarning epidemiologlari, mikrobiologlari va sohaning yetakçi mutaxassislari qatnaşdi, deyiladi Sanitariya-epidemiologiya qömitasi maʼlumotida.
“Özbekiston Respublikasida infeksiyalar ustidan epidemiologik nazoratning dolzarb jihatlari” mavzusi bilan iştirok etgan yurtimiz delegatsiyasi biologik xavfsizlikni taʼminlaş kabi dolzarb masalalarda qilingan muhokamalarda iştirok etdi.
Uşbu yönalişdagi asosiy vazifa nafaqat mamlakat hududiga xavfli infeksiyalar kirib kelişining oldini oliş, balki ular aniqlangan taqdirda kasallik manbasini tezkor topiş, tarqaliş zanjirini uziş va aholi salomatligini himoya qilişdan iborat. Bu böyiça hamkor davlatlar örtasida yagona yondaşuvlarni işlab çiqişning ahamiyati yuqori.
A.RUSTAMOV,
ÖzA