Islohotlar markazida inson salomatligi, natija esa malakali kadrlar mehnatida
Inson betob bölganida uning uçun eng muhimi – şifoxonaning zamonaviyligi yoki tibbiy uskunalarning qimmatligi emas, balki dardini tuşunadigan, töğri taşxis qöyadigan va öz vaqtida yordam beradigan şifokordir. Baʼzan bemorga berilgan birgina töğri maslahat yoki kasallikni erta aniqlaş inson hayotini saqlab qolişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Şu maʼnoda, tibbiyotning haqiqiy qiymati, avvalo, insonlar salomatligi bilan ölçanadi.
– Qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi, – deya taʼkidladi Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 27-oktabr kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan bölib ötgan uçraşuvda.
Darhaqiqat, mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini isloh qiliş jarayonida tibbiy xizmatlar kölamini kengaytiriş bilan birga, ularning sifatini oşiriş va inson manfaatlariga xizmat qilişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Sönggi ön yilda ön million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 mingta şifo örni yaratildi. Tibbiy xizmatlar hajmi uç barobar oşdi. Ilgari faqat xorijda amalga oşirilgan murakkab operatsiyalar, jumladan, aʼzolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi, tuğma yurak nuqsonlarini davolaş va boş miya jarrohligi kabi yuzdan ortiq yuqori texnologik xizmatlar bugun yurtimizda ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
Tibbiyotda texnologiyalar qançalik rivojlanmasin, ularni töğri boşqaradigan, tahlil natijalarini aniq öqiydigan va bemor bilan işlay oladigan mutaxassisning örni hal qiluvçi bölib qolaveradi. Şu bois kadrlar tayyorlaş va ularning amaliy könikmalarini oşiriş masalasi ustuvor vazifaga aylangan.
Bugungi kunda 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming nafar şifokor tayyorlanmoqda. Endilikda talabalar haftada uç kun bemorlar bilan bevosita işlaşni örganişi, bitiruvçilar esa sönggi öquv yilini töliq tibbiyot muassasasida amaliyotda ötkazişi belgilandi. Boisi, auditoriyada olingan nazariy bilimning haqiqiy qiymati uni amaliyotda qöllay oliş bilan baholanadi.
Sohada hamşiralik kasbiga alohida eʼtibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Zero, tibbiy yordam sifati faqat şifokor malakasiga boğliq emas – bemor şifoxonaga kelganidan to töliq soğayib çiqquniga qadar hamşiraning masʼuliyati va mehri hal qiluvçi rol öynaydi.

– Sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, avvalo, tibbiy xizmat sifati va hamşiralarning kasbiy salohiyati oşib borayotgani, eng muhimi, aholining tibbiyot tizimidan mamnunligida namoyon bölmoqda, – deya fikrini boşladi Samarqand tumani soğliqni saqlaş bölimi katta hamşirasi, “Şuhrat” medali sohibasi Sanoat Abdurahmonova. – Aholiga malakali va sifatli tibbiy yordam körsatiş uçun hamşira, eng avvalo, yetarli bilim va könikmaga ega bölişi, kasbiy saviyasini muntazam oşirib borişi kerak. Bunda muomala madaniyati ham alohida ahamiyatga ega. Çunki bemor bilan töğri muloqot qiliş, uning holatini tuşuniş va kerakli tavsiyalarni beriş ham davolaş jarayonining muhim qismidir.
Davlatimiz rahbarining ötgan yil 19-maydagi tegişli farmoni asosida belgilangan tajriba-sinov loyihasi doirasida bugun örta tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot brigadalari tarkibidagi amaliyotçi hamşiralar va oila hamşiralari maxsus öquv dasturlari asosida qayta tayyorlanmoqda. Birgina Samarqand viloyatida 1,5 mingga yaqin amaliyotçi hamşira va 4,2 mingga yaqin oila hamşirasi uşbu dasturlar asosida tahsil olmoqda. Belgilangan tartibda ularning oylik maoşiga ustamalar ham tölanmoqda. Bu esa hamşiralarni öz ustida masʼuliyat bilan işlaş, bilim va tajribasini oşiriş hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatişga undaydi.
Tibbiyotda yuqori natijaga erişiş zamonaviy şaroit va texnologiyalar bilan birga, öz kasbini puxta biladigan, bemorga eʼtibor va masʼuliyat bilan yondaşadigan xodimlarga ham boğliq. Hamşiralarning kasbiy rivojlanişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar esa birlamçi tibbiy yordamni kuçaytiriş, kasalliklarning oldini oliş va aholi salomatligini asraşga xizmat qiladi, – deya taʼkidladi Sanoat Abdurahmonova.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA