Samarqandda «Kelajak tadbirkori Expo–2026» yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun, 27-avgust kuni Samarqand shahrida aholi va yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Kelajak tadbirkori Expo–2026» kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.


Suhbatlar davomida fuqarolar uchun ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.



O‘zA