Samarqand viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar bo‘ladi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlangan viloyat hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasida viloyat hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi ham kiritilgan.
Shuningdek, o‘rinbosar uchun bir nafar kotibiyat mudiri shtati ham ajratilgan.
Ayni paytgacha Samarqand viloyati hokimning 9 nafar o‘rinbosari faoliyat olib bormoqda.
G‘.Hasanov, O‘zA