Samarqand – dunyo shaxmati markazi
Samarqand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida olimpiada ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilab, ushbu nufuzli musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagan Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) rahbariyati va boshqa hamkorga minnatdorlik bildirgan. Shuningdek, tabrikda mamlakatimiz sportchilari erishayotgan natijalar alohida qayd etilgan.






G‘.HASANOV, A.ISROILOV(Surat), O‘zA