Sport: "Duxoba yöl" sovrindorlari aniqlandi
Poytaxtimizda sport gimnastikasi böyiça 10 dan ziyod davlatning mahoratli sportçilari iştirokida "Duxoba yöl" xalqaro turniri bölib ötdi.
Bir hafta davom etgan bahslarda mahoratli gimnastikaçilar sport gimnastikasining turli yönalişlarida sovrinli örinlar uçun kuraş olib bordi.
Yoşlar, ösmirlar va kattalar örtasidagi murosasiz bahslarda Özbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Bekzod Baxtiyorov, Alişer Baysarov, Sayfali Xöjayev, Axrorxon Temirxonov, Elbrus Jörayev, Asadbek Aʼzamov, Asliya Abduqodirova, Soliha Tursunboyeva, Aleksandra Şevçenko singari mahorat egalari Rossiya, Armaniston, Qozoğiston, Belarus kabi davlatlarning kuçli atletlari bilan kuraşlarda sovrinli örinlarni qölga kiritdi.
Özbekiston voleybol federatsiyasi mutaxassislari Dominikanda
Dominikan Respublikasining Punta-Kana şahrida ötkazilgan Xalqaro voleybol federatsiyasining 40-Jahon kongressida Özbekiston voleybol federatsiyasi raisi örinbosari Jamşid Fayziyev iştirok etib, mamlakatimizda voleybolni yangi bosqiçga olib çiqiş, nufuzli xalqaro musobaqalarni yurtimizda ötkaziş imkoniyatlarini kengaytiriş borasida bir qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Özbekistonlik mutaxassislar kongress davomida Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, Braziliya va boşqa davlatlarning milliy federatsiyalari bilan sohil voleyboli böyiça hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, tajriba almaşiş, murabbiylar tayyorlaş, sportçilarning mahorat darajasini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişdi.
Oğir atletikaçilarimiz ŞHT kubogida 6 ta medalli böldi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva şahrida ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) oçiq kubogining oğir atletika bahslarida Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 6 ta medalni qölga kiritdi.

Şanxay hamkorlik taşkilotiga daxldor 10 dan ziyod davlatning mahoratli oğir atletikaçilari bilan bahslarda öz iqtidorini namoyiş etgan sportçilarimiz 5 ta oltin va 1 ta kumuş medalni qölga kiritdi.
Şiddatli bahslarda oğir atletikaçilarimizdan Ruşaniya Kamzina, Şahloxon Abdullayeva, Nigora Suvonova, Hikmatillo Haydarov, Omadillo Olimov oltin medallarga egalik qilgan bölsa, Asilbek Yusupov kumuş medal sohibiga aylandi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA