Samarqand – buyuk ajdodlar merosidan uçinçi renessans sari
Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda davlatimiz rahbari 2026-2036-yillarni mamlakatimiz uçun milliy yuksaliş davri deb eʼlon qildi.
Prezidentimiz yangi ön yillikda taʼlim va malaka, soğliqni saqlaş, zamonaviy texnologiyalar, suv va atrof-muhitni muhofaza qiliş, qonun ustuvorligi, mahalla tizimini rivojlantiriş hamda tinçlikparvar taşqi siyosatni qamrab olgan yetti ustuvor milliy dastur amalga oşirilişini bildirdi.
Samarqand viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Adiz Boboyev davlatimiz rahbari maʼruzasida qayd etilgan uluğ mutafakkirlar, buyuk allomalar merosini örganiş va ular nomi bilan boğliq maskanlarni obod qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida Samarqand viloyati misolida öz fikrlarini bayon etdi.
Ilm va maʼrifatga tayangan jamiyat taraqqiyotga erişadi
– Milliy istiqlol – xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy özligi va buyuk kelajakka bölgan işonçini mustahkamlagan, mamlakatimiz taraqqiyoti uçun keng imkoniyatlar oçgan buyuk qadriyat, – deydi Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev. – Xalqning buyukligi, avvalo, uning tarixi, maʼnaviy salohiyati, ilmiy tafakkuri va kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyati bilan belgilanadi. Özining boy tarixiy merosi, yuksak maʼnaviyati va bunyodkorlik anʼanalari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan xalqimiz ana şunday bebaho meros bilan faxrlanadi, uni eʼzozlab kelmoqda.

Uç ming yildan ziyod davlatçilik anʼanalariga, qadimiy şaharsozlik madaniyatiga va boy maʼnaviy merosga ega xalqimizning bugungi taraqqiyot yöli ham ana şu tarixiy zaminga tayanadi. Mustaqillik esa bizga uşbu uluğ merosni çuqur anglaş, milliy qadriyatlarimizni tiklaş, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy va maʼnaviy boylikni asrab-avaylaş hamda uni yangi avlodlarga yetkaziş imkonini berdi.
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda qayd etganidek, jonajon Vatanimiz azaldan uluğ mutafakkirlar, aziz avliyolar, buyuk allomalar yurti bölib kelgan. Biz mana şunday bebaho merosga munosib ravişda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marğinoniy yodgorlik majmualari kabi betakror ilmiy-maʼrifiy dargohlarni barpo etdik.
Bu muhtaşam va tabarruk maskanlar bugun nafaqat yurtimiz va islom olami, balki butun jahon ahlining haqli eʼtirofiga sazovor bölmoqda. Biz bunday bunyodkorlik işlarini jadal davom ettiramiz.
Binobarin, biz ötmişimizga faqat faxr bilan emas, balki katta masʼuliyat hissi bilan ham qaraymiz. Zero, tarixiy merosga munosib böliş – ajdodlar nomini eʼzozlaş bilangina çeklanmaydi. Bu, eng avvalo, ularning ilmga intiliş, adolatga sodiqlik, bunyodkorlik va maʼrifatparvarlik fazilatlarini bugungi hayotimizda davom ettiriş demakdir.
Samarqandning ötmişini xalqimizning köp asrlik davlatçilik va madaniyati tarixidan ayro tasavvur etib bölmaydi. Bu zamin azaldan ilm-fan, savdo-sotiq, hunarmandçilik va madaniyat rivojlangan, turli xalqlar va sivilizatsiyalar özaro muloqot qilgan maskan bölib kelgan.
Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqandning jahoniy şuhrati oşib, çinakam yer yuzining sayqaliga aylangan. Şahar buyuk jahongirning qudratli davlati poytaxti böliş bilan birga ilm-fan, madaniyat, hunarmandçilik va savdo-sotiq markazi vazifasini ham bajargan. Keyinçalik temuriylar davrida bu anʼanalar davom etgan. Xususan, Mirzo Uluğbek nomi bilan boğliq ilmiy maktab jahon astronomiyasi va matematikasi rivojida öçmas iz qoldirdi. Uning Samarqandda barpo etgan rasadxonasi, olib borilgan astronomik kuzatişlari va yaratgan asarlari bugun ham insoniyat tafakkurining yuksak namunasi sifatida qadrlanadi.
Samarqand zaminidan yetişib çiqqan allomalar, mutafakkirlar va davlat arboblarining hayoti bizga bir haqiqatni eslatadi: ilm va maʼrifatga tayangan jamiyatgina uzoq muddatli taraqqiyotga erişa oladi. Şu maʼnoda, buyuk ajdodlarimiz merosini örganiş ötmişni eslaşgina emas, balki bugungi islohotlarimizning maʼnaviy asoslarini mustahkamlaş hamdir.
Samarqandning xalqaro miqyosdagi nufuzi ham uning ana şu boy tarixi, betakror meʼmoriy obidalari va asrlar davomida şakllangan ilmiy-madaniy muhiti bilan çambarças boğliq. Bu merosni asraş, uni dunyoga keng tanitiş va kelajak avlodlarga bus-butun yetkaziş barçamizning muqaddas burçimizdir.
Buyuk meros – bugungi taraqqiyot uçun maʼnaviy tayanç
Xalqimizning bir neça ming yillik tarixi, madaniyati, birinçi va ikkinçi Renessansdagi ulkan hissasini keng tarğib etiş va bu anʼanalarni davom ettiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Bu haqda gap ketganda, hurmatli Prezidentimiz taşabbuslari bilan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy yodgorlik majmualari kabi yirik loyihalarning amalga oşirilganini alohida taʼkidlaşni istardim.
Xususan, buyuk muhaddis Imom Buxoriy merosini örganiş va keng tarğib qiliş, uluğ ajdodimiz mangu orom topgan maskanni bu zotning islom olamidagi nufuzi va salohiyatiga monand qayta bunyod etiş borasida çinakamiga olamşumul işlar bajarildi. Davlatimiz rahbarining alohida eʼtiborlari bilan dastlab bu yerda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi taşkil etildi. Muhaddislar sultonining maʼnaviy merosini çuqur tadqiq etişga kirişildi.
Söngra majmua hududi kengaytirilgan holda, ziyoratçilarga har tomonlama qulayliklar yaratilişi hisobga olinib, yangidan bunyod etildi. Majmua loyihasidan boşlab quriliş, obodonlaştiriş işlarigaça Prezidentimizning doimiy eʼtiborlarida böldi.
Majmua tarkibida eng ilğor axborot texnologiyalari qöllanilgan muzey taşkil etilişi Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom maʼrifati rivojiga qöşgan hissasini namoyon etişga xizmat qilmoqda.

Quriliş-bunyodkorlik işlari davomida majmua atrofida uç va tört yulduzli 20 dan ortiq zamonaviy mehmonxona, milliy va dunyo xalqlari taomlarini tayyorlovçi önga yaqin restoran va oşxonalar, 1800 dan ortiq transport vositasini saqlaşga möljallangan avtoturargohlar, 40 ga yaqin elektromobillarni quvvatlaş nuqtalari, 100 dan ortiq savdo va servis şoxobçalari taşkil etildi. Faqatgina bu emas, ziyoratgoh joylaşgan Xöja Ismoil mahallasi infratuzilmasi yangilanib, aholi turar joylari, ijtimoiy soha obʼektlari qayta qurildi, rekonstruksiya qilindi va hudud körkam şaharça körinişini oldi.
Ayni paytda bunday bunyodkorlik işlari Samarqand şahridagi Imom Moturidiy ziyoratgohida olib borilmoqda. Mazkur yodgorlik majmuasi ham hurmatli Prezidentimiz taşabbuslari bilan qaytadan, ziyoratçilar uçun har tomonlama qulaylik yaratilgan holda obod qilindi. Imom Moturidiy maqbarasida rekonstruksiya işlari olib borildi, yangi masjid va muzey taşkil etildi. Eʼtiborlisi, bu jarayonda hududda Burhoniddin Marğinoniy dafn etilgan joy aniqlanib, uluğ alloma şarafiga maqbara qurildi.

Yaqinda, 18-oktabr kuni davlatimiz rahbari bu yerdagi bunyodkorlik işlari bilan tanişib, “bunday buyuk qadamjolarni obod qiliş zamirida katta maʼnaviyat, maʼrifat, taʼlim va ilm bor. Odamlar bu yerga kelib, nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, özligini anglasin” deb alohida taʼkidladilar.
Bunday uluğvor bunyodkorlik işlari nafaqat davlatimiz qudrati, balki xalqimizning yuksak diniy-maʼrifiy salohiyatini ham namoyon etdi. Çunki, bunday maskanlarning ahamiyati faqat meʼmoriy körkamligi yoki sayyohlik salohiyati bilan ölçanmaydi. Ularning eng muhim vazifasi ilm-maʼrifatni tarğib etiş, maʼnaviy qadriyatlarni asraş, yoş avlodni ezgulik va bağrikenglik ruhida tarbiyalaş, ajdodlarimiz merosini zamonaviy tadqiqotlar bilan boyitişdir.
Uçinçi Renessans poydevori – ilmli va taşabbuskor avlod
Bugun mamlakatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri yoşlarni zamonaviy bilimlar, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va innovatsion fikrlaş könikmalari bilan qurollantirişdir. Çunki har qanday buyuk taraqqiyotning asosida inson kapitali, sifatli taʼlim va erkin ijodiy muhit turadi.
Samarqand zaminida kamol topayotgan har bir yoş öz tarixini bilişi, buyuk ajdodlari bilan faxrlanişi barobarida, zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşi, yangilikka intiluvçan va raqobatbardoş bölişi kerak. Şu maqsadda yoşlarimizning isteʼdodini röyobga çiqariş, ularning ilm-fan, tadbirkorlik, sanʼat va sport sohalaridagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş uçun barça imkoniyatlarni safarbar etyapmiz. Ayni paytda viloyatimizda 15 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi, Prezident maktabi va har bir tuman va şaharda ixtisoslaşgan taʼlim muassasalari, 50 dan ortiq xususiy maktablar va nufuzli öquv markazlari faoliyat körsatmoqda. Zamonaviy IT maktab va startap loyihalar ofislari kun sayin köpaymoqda. Birgina şu yilning özida Samarqand şahrida 5,4 gektar maydonda yoşlar ijodiy parki taşkil etilib, bu yerda IT, xorijiy tillarni örgatiş, robototexnika öquv markazlari, sport tögaraklari faoliyati yölga qöyildi.
Bugun biz intilayotgan Uçinçi Renessans ğoyasining mazmun-mohiyati ham aslida şu buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy va maʼnaviy maktablarni munosib davom ettiriş, yangi kaşfiyotlar, zamonaviy bilimlar va yuksak intellektual salohiyat orqali mamlakatimizning taraqqiyotiga xizmat qiliş.
Bu borada oila, mahalla, taʼlim muassasalari, ilm-fan taşkilotlari va davlat idoralarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Zero, maʼrifatli avlodni tarbiyalaş birgina taʼlim muassasasining emas, butun jamiyatning vazifasidir.
Tarixiy masʼuliyat va kelajak oldidagi burç
Samarqandning buyuk tarixi bizga katta ğurur bağişlaydi. Biroq bu ğurur amaliy işlar, aniq natijalar va xalq farovonligiga xizmat qiladigan taşabbuslar bilan mustahkamlanişi kerak.
Viloyatimizda aholi turmuş darajasini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, taʼlim va tibbiyot sifatini yaxşilaş, şahar va qişloqlar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, ekologik barqarorlikni taʼminlaş bugungi kundagi eng muhim vazifalarimiz hisoblanadi.
Bunda har bir hududning öziga xos imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, mahallalardagi muammolarni manzilli hal etiş, aholi bilan oçiq muloqot qiliş va amalga oşirilayotgan işlar natijadorligini taʼminlaş muhim ahamiyatga ega. Çunki taraqqiyotning haqiqiy mezoni, avvalo, insonlarning hayotidagi ijobiy özgarişlar, ularning ertangi kunga bölgan işonçi va yaratilgan imkoniyatlardan qançalik foydalana olişi bilan belgilanadi.
Ana şunday yondaşuv tufayli yilning birinçi yarmida viloyatimizning yalpi hududiy mahsuloti 59,1 trillion sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,6 foizga ösdi. Mahalliy byudjet daromadlari ham muttasil ösib, xususan, töqqiz oy yakuni bilan 6 trillion 80 milliard sömdan oşdi. Viloyat hamda tuman (şahar) hokimliklari ixtiyorida qariyb 743 milliard söm qöşimça mablağlar şakllantirildi. Bu mablağlar hududlar infratuzilmasini yaxşilaş orqali odamlar turmuş darajasini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va ijtimoiy masalalarni hal etişga yönaltirilmoqda.
Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat va gastronomik turizm imkoniyatlaridan samarali foydalaniş natijasida yilning birinçi yarmida viloyatimizga 3,4 milliondan ortiq xorijiy va 4,7 million nafar mahalliy sayyoh taşrif buyurdi. Yil yakuni bilan çet ellik turistlar soni 6 milliondan oşişi kutilmoqda.

Amalga oşirilayotgan işlarimizning pirovard natijasi aholini daromadli mehnat bilan taʼminlaş, kambağallik va işsizlikdan holi hududga aylantirişdan iborat. Biz bu yil viloyat böyiça 618 ming aholini daromadli mehnat bilan taʼminlaş orqali işsizlik darajasini yil boşidagi 4,7 foizdan 4,2 foizga tuşirişni rejalaştirganmiz. Şuningdek, 470 ta mahalla va 6 ta hududni “işsizlik va kambağallikdan xoli hudud”ga aylantirişni maqsad qilganmiz.
Ayni paytda Qoradaryo böyida Samarqandning yangi maʼmuriy markazi bölişi kutilayotgan “Şirin” şaharçasi qurilişi boşlandi. 150 ming aholi yaşaydigan şaharçada uy-joylar, xizmat körsatiş obʼektlari, taʼlim muassasalari, madaniyat va sport muassasalari barçasi zamon talablariga mos, aqlli texnologiyalar asosida bunyod etiladi. Şuningdek, Samarqand şahrining temiryöl orti hududida renovatsiya dasturi böyiça 100 ming aholi uçun yangi turar joy massivi qurilişi ham jadal suratlarda olib borilmoqda.
Umuman, biz ajdodlarimizdan qolgan boy merosni asrab-avaylaş bilan birga, kelajak avlodlarga yanada obod, farovon va imkoniyatlarga boy Vatanni qoldirişga intilişimiz şart. Buning uçun har birimiz öz işimizga masʼuliyat bilan yondaşişimiz, bilim va tajribamizni yurt ravnaqiga safarbar etişimiz lozim.
Işonçim komilki, Samarqandning boy tarixiy salohiyati, mehnatsevar xalqi, iqtidorli yoşlari va bunyodkorlik anʼanalari viloyatimizning yangi taraqqiyot bosqiçida mustahkam tayanç bölib xizmat qiladi.
ÖzA muxbiri Ğolib Hasanov yozib oldi.