COP31: Özbekiston va Qozoğiston sanoatda ekologik texnologiyalarni joriy etiş borasida kelişdi
Sanoat rivojlanişi iqtisodiy ösişning muhim omili. Biroq, uning atrof-muhitga taʼsirini kamaytiriş bugunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan.
Şu bois, Özbekiston sanoat tarmoqlarida eng yaxşi mavjud texnikalarni joriy etiş, işlab çiqarişda resurslardan oqilona foydalaniş va zararli taşlamalarni qisqartirişga qaratilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda.
BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Özbekiston pavilonida mamlakatning eng yaxşi mavjud texnikalarni joriy etiş böyiça milliy yondaşuvi taqdim etildi.

Tadbirda Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktori örinbosari Vyaçeslav Şi-Syan sanoatni ekologik modernizatsiya qiliş, atmosferaga zararli taşlamalar va issiqxona gazlari çiqarilişini kamaytiriş, suv, energiya hamda xomaşyodan samarali foydalaniş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdi. Özbekistonda uşbu yönalişda Jahon banki hamkorligida EMTga ötiş böyiça “yöl xaritasi” işlab çiqilayotganini, Toşkent şahri va viloyatidagi yirik sanoat hamda energetika obʼektlari, jumladan, sement, mineral öğitlar işlab çiqariş korxonalari, issiqlik energetikasi va yirik qozonxonalar qamrab olinişini qayd etdi.

Soha vakillarining sözlariga köra, taşabbus faqat milliy miqyosdagi islohotlar bilan çeklanmaydi. COP31 doirasida Davlat ekologik ekspertizasi markazi boş direktori örinbosari Vyaçeslav Şi-Syan hamda Qozoğistonning “Yaşil texnologiyalar va investitsiya loyihalari xalqaro markazi” boşqaruvi raisi Saken Kalkamanov iştirokida Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi hamkorlik töğrisida kelişuv imzolandi. Kelişuv kimyo, energetika va sement sanoati uçun eng yaxşi mavjud texnologiyalar böyiça tarmoq maʼlumotnomalarini hamkorlikda işlab çiqiş, korxonalarda kompleks texnologik auditlar ötkaziş, mutaxassislar tajribasini oşiriş va raqamli platformani rivojlantirişni nazarda tutadi.

Şuningdek, Markaziy Osiyoda EMT böyiça mintaqaviy byuro taşkil etiş va texnologik maʼlumotlar almaşinuviga xizmat qiluvçi raqamli platformani yaratiş istiqbollari ham muhokama qilindi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA