Sabina Sharipova mamlakatimizda tengsiz
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada mamlakatimizning turli hududidan kelgan 100 nafardan ortiq tennischilar ishtirok etdi.
Yakkalik bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Sanetulla Qutiboyev, Olimjon Nabiyev va Maksim Shin shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Sabina Sharipova, Milana Maslenkova hamda Yasmina Karimjonova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Juftliklar o‘rtasida S.Sharipova hamda K.Umarova tandemi oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida T.Sattimov va A.Saidmuhamedov tengsiz ekanini isbotladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zA