Ruminiyaning keyingi parvozi: yangi hukumat "ucha" oladimi?
Ruminiya parlamentida ovoz berishdan so‘ng Bosh vazir Luka Nikulesku va yangi hukumat a’zolari qasamyod qildi. Mustaqil diplomat Nikulesku taklif etgan mahkama, 58 nafar deputat qarshi chiqsa-da, 280 ovoz bilan ma’qullandi.
55 yoshli g‘olib nomzodni Prezident Nikushor Dan 5-oktabr kuni ilgari surgan edi. Hukumat rahbari lavozimiga davlat yetakchisi tomonidan taklif etilgan to‘rtinchi nomzoddan farqli o‘laroq, avvalgi uch da’vogar tarkib tuzishga muvaffaq bo‘lmagan. Yangi Bosh vazir oldidagi asosiy vazifa – sezilarli byudjet taqchilligini kamaytirish. Parlamentdagi nutqida Nikulesku mamlakatga mablag‘ va investitsiya jalb etadigan hukumat tuzishga va’da berdi.
Buxarestdagi siyosiy inqiroz may oyida o‘sha paytdagi Bosh vazir Iliye Bolojan ishonchsizlik votumi orqali lavozimidan chetlatilgandan keyin kuchaygan. Ruminiya 2024-yil dekabrda prezident saylovi bekor qilingandan beri siyosiy beqarorlik, yuqori inflyatsiya va iqtisodiy qiyinchilikni boshidan kechirmoqda. Yangi hukumat hozircha bir necha partiyaning olti oylik qo‘llab-quvvatlashiga tayanadi, uzoq muddatli kelishuv hali tuzilmagan. Shu bois ekspertlar siyosiy keskinlik yana kuchayishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA