Yevropa telekommunikatsiya operatorlari “Starlink”ga qarshi kuchlarni birlashtirmoqda
Yevropaning eng yirik 4 telekommunikatsiya guruhi – “Deutsche Telekom”, “Orange”, “Telefónica” va “Vodafone” “Starlink” kompaniyasining ustunligiga qarshi chiqish uchun o‘z sun’iy yo‘ldosh mobil xizmatini ishga tushirish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu harakat aloqa texnologiyalari bo‘yicha transatlantik keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin, deb yozgan “Financial Times”.
Kompaniyalar o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini ishga tushirish o‘rniga yer usti infratuzilmasini barpo etish va mavjud sun’iy yo‘ldosh operatori bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu qadam sun’iy yo‘ldosh xizmati bo‘yicha kuchayib borayotgan geosiyosiy nizo sharoitida yuz berdi va shu zahotiyoq “Starlink” platformasini boshqaradigan “SpaceX” tomonidan keskin tanqidga uchradi.
AQSH texnologiya giganti bu qadam “Starlink” fuqarolik va harbiy aloqasi uchun juda muhim hisoblangan Ukrainada xizmat ko‘rsatish sifatini pasaytirishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Komissiyaning asosiy muammosi – mos sherik topish. Zero, sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i bozorida Amerika va Xitoy ustun. Yevropaning “Eutelsat” kompaniyasi esa “Starlink”dan sezilarli ortda qolyapti.
S.Rahimov, O‘zA