Xitoylik xaker SI yordamida 100 dan ortiq kompaniya veb-saytini buzib kirgan
Xitoy tilida so‘zlashuvchi, noma’lum kiber jinoyatchi 100 dan ortiq kompaniya, jumladan “Deere”, “SharkNinja” va “Cummins” veb-saytiga hujum qilgan. Deyarli barcha ishni mustaqil sun’iy intellekt agentlari bajargan, deb yozdi “Reuters” agentligi.
25-sentabrdan beri agentlar Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Avstraliya va Yaponiyada 1200 dan ko‘p veb-saytni buzishga uringan. Ularning 23 soat davom etgan samarali urinishi taxminan 50 dollarga tushgan.
Xaker ko‘rsatmasida keltirilishicha, buning uchun “Deep Seek” va “Claude Code” ishlatilgan, 100 ga yaqin Xitoy iyeroglifidan foydalanilgan.
“Deere” kompaniyasi hujumga qarshi chora ko‘rilgani, ma’lumot o‘g‘irlanishining oldi olinganini aytgan. “Shark Ninja” esa hujum faqat yordamchi veb-saytga ta’sir qilganini ma’lum qilgan.
“Cummins” ayni payt uchinchi tomon pudratchisi veb-saytidagi hodisani tekshiryapti.
S.Rahimov, O‘zA