Rodri: “Argentina turnir davomida barqaror o‘yin namoyish etdi”
Biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni yaxshi bilamiz.
Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri JCH–2026 finali oldidan Argentina terma jamoasining kuchli jihatlari haqida fikr bildirdi.
"Argentina xarakterli jamoa. Bundan tashqari, ular juda muvozanatli tarkibga ega va butun turnir davomida barqaror o‘yin namoyish etdi. Bir nechta uchrashuvlarda ham vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira oldi.
Biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushayotganimizni yaxshi bilamiz. Ammo eng muhimi, o‘z o‘yinimizni namoyish etish. Butun uchrashuv davomida o‘z uslubimizga sodiq qolishimiz kerak", — dedi Rodri.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv AQSHning Ist-Raterford shahridagi “MetLife” stadionida bo‘lib o‘tadi.