Maykl Olise Pelening 56 yillik rekordini yangiladi
Avvalgi rekord braziliyalik afsona Pelega tegishli edi. «Futbol qiroli» 1970-yilgi Jahon chempionatida 6 ta golli uzatma amalga oshirgandi.
Fransiya terma jamoasi futbolchisi Maykl Olise JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Kilian Mbappening goliga assist muallifi bo‘ldi.
Mazkur golli uzatma Olise uchun turnirdagi yettinchi assist bo‘ldi. Shu tariqa u Jahon chempionatining bitta turnirida eng ko‘p assist amalga oshirgan futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord braziliyalik afsona Pelega tegishli edi. «Futbol qiroli» 1970-yilgi Jahon chempionatida 6 ta golli uzatma amalga oshirgandi.
Turnirning final uchrashuvida bugun Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.