Jud Bellingem Angliya tarixidagi rekordni yangiladi
Avvalgi rekord Garri Keyn va Gari Linekerga tegishli bo‘lib, ular bir mundialda 6 tadan gol urgandi.
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi o‘yinda gol urib, tarixiy natijaga erishdi.
Uchrashuv 6:4 hisobida inglizlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Madridning «Real» klubi futbolchisi 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 90+8-daqiqada uchrashuvdagi so‘nggi golni kiritdi.
Mazkur gol Bellingemning JCH–2026dagi yettinchi goli bo‘ldi. Shu tariqa u Jahon chempionatining bitta turnirida eng ko‘p gol urgan angliyalik futbolchiga aylandi.
Avvalgi rekord Garri Keyn va Gari Linekerga tegishli bo‘lib, ular bir mundialda 6 tadan gol urgandi.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 final uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.