Roberto Martines: “Yamal va Ronalduni taqqoslab bo‘lmaydi”
Krishtianu Ronaldu esa futbol tarixidagi ramziy shaxslardan biri.
Roberto Martines Lamin Yamalni Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslash mumkinmi, degan savolga javob berdi.
"Bu mutlaqo boshqa-boshqa futbolchilar. Lamin Yamal juda yosh o‘yinchi, ammo u bosimni yenga olishini va o‘yin davomida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishga qodir ekanini namoyish etdi.
Krishtianu Ronaldu esa futbol tarixidagi ramziy shaxslardan biri. U turli pozitsiyalarda o‘ynashga moslasha oladi va istalgan uchrashuv taqdirini hal qiladigan futbolchiga aylanishi mumkin", — dedi Martines.
Portugaliya milliy terma jamoasi hamda Ispaniya milliy terma jamoasi bugun, 6-iyul kuni JCH–2026 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash keladi.