Tibo Kurtua Balogun bo‘yicha FIFA qaroriga munosabat bildirdi
Oldinda qiyin uchrashuv kutmoqda. Stadiondagi muxlislar ham bizga qarshi bo‘ladi.
Mazkur qaror Balogunga 7-iyul kuni JCH–2026 1/8 finalida Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushish imkonini beradi.
"Bu biz uchun deyarli hech narsani o‘zgartirmaydi. Bu masala federatsiya va FIFA o‘rtasidagi ish. Biroq qaror o‘yin arafasida qabul qilingani bizni hayratda qoldirdi.
Bu mavzuni jamoa ichida besh daqiqa muhokama qildik. Hammaning fikri bir xil bo‘ldi: Balogun o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, biz baribir maydonda g‘alaba qozonishimiz va faqat o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz kerak.
Oldinda qiyin uchrashuv kutmoqda. Stadiondagi muxlislar ham bizga qarshi bo‘ladi. Har ikki jamoa ham g‘alaba qozonishni istaydi", — dedi Kurtua.
FIFA intizom qo‘mitasi Balogunning JCH–2026 1/16 finalida Bosniya va Gersegovina milliy terma jamoasiga qarshi bahsda (2:0) olgan qizil kartochkasi uchun berilgan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini vaqtincha to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp FIFAga ushbu qaror uchun minnatdorlik bildirgan.