Mikel Merinoning asosiy vaqtga qoʻshib berilgan daqiqalarida kiritgan goli Ispaniyaga chorak final yoʻllanmasini taqdim etdi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining nimchorak final bahslari davom ettirildi.
Nimchorak finalning markaziy uchrashuvida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari maydonga tushdi. Bellashuvda kutilganidek ispanlar kichik ustunlikni namoyish etdi. Portugaliya terma jamoasi posboni Diogo Koshta esa uchrashuv qaxramonlaridan biri boʻldi. Uchrashuvga qoʻshib berilgan birinchi daqiqada esa zahiradan maydonga tushgan Mikel Merino Ferran Torresning uzatmasidan soʻng gol urib, hisobni ochdi. Ushbu gol esa uchrashuv taqdirini hal qildi. Yakuniy hisob 0:1 Ispaniya keyingi bosqichga yoʻl oldi.