Rikardo Kaka Anchelottini ishonchli shaxs deb atadi
Men aynan Karloning sharofati bilan shu darajaga yetganman
"Milan" afsonasi Rikardo Kaka Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.
"Mamlakatim terma jamoasini aynan Karlo boshqarayotganidan juda xursandman. Men uni juda yaxshi bilaman. Anchelotti bilan ishlash ham nasib qilgan. O‘rtamizda ajoyib munosabatlar bor. U bilan faoliyatimning eng yorqin damlarini o‘tkazganman. Men aynan Karloning sharofati bilan shu darajaga yetganman", - dedi Kaka.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi so‘nggi marta 2002-yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.