Diego Dalot jahon chempionatidagi g‘alaba Ronalduning asosiy va so‘nggi maqsadi emas ekanligini aytdi
U terma jamoaga kelgunicha Portugaliya birorta ham sovrin yutmagan.
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Diego Dalot Krishtianu Ronaldu haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Krishtianu Ronaldu uchun jahon chempionligi asosiy maqsad va vazifa emas. U terma jamoaga kelgunicha Portugaliya birorta ham sovrin yutmagan. Krish kelganidan keyin esa allaqachon bizda uchta titul bor", - dedi Dalot.
Eslatib o‘tamiz. Portugaliya jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya, Kongo DR va O‘zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.