Jahon chempionati tarixi. AQSh-1994
AQSH yashil maydonlarida o‘tgan ushbu Jahon chempionati o‘ziga xos rekordlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan.
Bugungi navbat — futbol olamiga yangicha nafas olib kirgan hamda Braziliya terma jamoasining to‘rtinchi bor Jahon chempionligini taqdim etgan AQSh-1994ga.
AQSH yashil maydonlarida o‘tgan ushbu Jahon chempionati o‘ziga xos rekordlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan. Quyida musobaqaning eng muhim faktlari va raqamlarini keltirib o‘tamiz:
Musobaqa statistikasi:
Ishtirokchilar soni: 24 ta terma jamoa
Umumiy tomoshabinlar tashrifi: 3 587 538 nafar (JCH tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri)
O‘tkazilgan uchrashuvlar: 52 ta o‘yin
Sermahsullik: Har bir o‘yinga o‘rtacha 2,7 ta gol
Musobaqa to‘purarlari (Oltin butsa sohiblari): Xristo Stoichkov (Bolgariya) va Oleg Salenko (Rossiya) — 6 tadan gol
Intizom (Kartochkalar): 220 ta sariq, 15 ta qizil kartochka
Musobaqa ramzlari:Rasmiy to‘p: «Questra» (Adidas)
Musobaqa Maskoti: «Striker» (Xushxo‘r kuchukcha)
Shohsupa va final:
Chempion: Braziliya
Vitse-chempion: Italiya
Uchinchi o‘rin: Shvetsiya
Tarixiy final: Futbol tarixida ilk bor Jahon chempionati finalining asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida gol urilmadi (0:0). Hammasini hal qilgan penaltilar seriyasida esa omad braziliyaliklarga kulib boqdi — 3:2! Roberto Badjoning o‘sha mashhur xatosi mana shu finalga tegishli.
