Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Guliston shahrida an’anaviy "Universiada" o‘yinlarining stritbol turi bo‘yicha yarim final va final bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada sportchilar o‘zining yuqori darajadagi tayyorgarligini namoyish etdi.


Yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada poytaxtdan tashrif buyurgan stritbolchilarning ustunligi sezildi. Ular yarim finalda o‘zining yuqori saviyasini ko‘rsatib, finalga chiqishdi va g‘alaba qozonishdi.


Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan qizlar o‘zining sport mahoratlarini namoyish etdi. Ular finalda o‘z raqibalarini yengib, musobaqa g‘olibi bo‘lishdi.
Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri