Raqamli kriminalistika: kadrlar tayyorlaş, ekspertiza va tergovga kömak
Qirğiz Respublikasi delegatsiyasi Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanişdi.
Aytib ötiş kerakki, institutda mutaxassislar tayyorlaş raqamli dalillarni ilmiy tadqiq etiş, sud ekspertizalarini ötkaziş va tergovlarga kömaklaşiş bilan uzviy boğlangan.
Institutning taʼlim, öquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va sud-ekspertlik yönalişlaridagi faoliyati kiberjinoyatlarni tergov qiliş, raqamli dalillarni aniqlaş, qayd etiş va tadqiq qiliş böyiça mutaxassislarda maxsus bilim va amaliy könikmalarni şakllantirişni qamrab oladi. Raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari taʼlim jarayonida ham, ekspertlik amaliyotida ham qöllanadi.

Institut kompyuter-texnik ekspertizalar ötkazadi, mobil qurilmalar va elektron maʼlumotlarni tadqiq qiladi. Şuningdek, raqamli tergovlar olib boriş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga amaliy yordam körsatadi.
Amaliy tayyorgarlikning alohida yönalişi – Dark Web öquv laboratoriyasi. Unda tinglovçilar yaşirin internet tarmoqlarida raqamli dalillarni izlaş va qayd etişni örganadi. Kiberlaboratoriya bazasida kriptovalyutalar va Darknet tarmoğidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş böyiça kurslar va tadqiqotlar ötkaziladi.

Şu tariqa institutda kadrlar tayyorlaş raqamli dalillar bilan işlaş va tergovlarga amaliy kömak körsatiş bilan bevosita boğlangan.
Taşrif davomida Qirğiz Respublikasi delegatsiyasi Akademiyaning kadrlar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlar, sud-ekspertlik faoliyati va raqamli tergovlarni amaliy qöllab-quvvatlaşni birlaştirgan raqamli kriminalistikaga kompleks yondaşuvi bilan tanişdi.
N.Abduraimova, ÖzA