Özbekiston-Rossiya: temir yöl xavfsizligi böyiça hamkorlik mustahkamlanmoqda
Temir yöl transportida harakat xavfsizligini taʼminlaş zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş bilan bevosita boğliq.
Bu borada Toşkent davlat transport universitetida talabalarning amaliy bilim va könikmalarini oşiriş, ularni sohada qöllaniladigan zamonaviy texnik vositalar bilan yaqindan taniştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Toşkent davlat transport universiteti mamlakatimizda transport va logistika sohalari uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetda temir yöl, avtomobil, aviatsiya va transport infratuzilmasi yönalişlarida zamonaviy taʼlim beriş, ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Universitetning “Lokomotivlar va lokomotiv xöjaligi” kafedrasi öquv laboratoriyasi yangi sinov stendlari hamda zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlandi. Mazkur jihozlar Rossiyaning temir yöl transporti uçun harakat xavfsizligi tizimlari va zamonaviy dasturiy-texnik yeçimlar işlab çiqişga ixtisoslaşgan “Transtelesoft” kompaniyasi bilan universitet örtasida imzolangan strategik hamkorlik memorandumi doirasida yetkazib berildi.
Ularning laboratoriyaga joriy etilişi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, kasbiy tayyorgarligini oşiriş hamda kelajakdagi mehnat faoliyati uçun zarur könikmalarni şakllantirişga xizmat qiladi.

Yangi sinov stendlari orqali talabalar lokomotivlar harakat xavfsizligini taʼminlovçi qurilma va tizimlarning işlaş prinsiplarini bevosita laboratoriya şaroitida örganiş imkoniyatiga ega böldi. Şu bilan birga, ular xavfsizlik tizimlarini diagnostika qiliş, texnik holatini baholaş va ulardan töğri foydalaniş böyiça amaliy tajriba orttirmoqda.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA