Rahmonaliyev «Barselona»ga qarşi öynagan törtinçi özbekistonlik futbolçiga aylanişi mumkin. Kataloniya klubiga gol urgan hamyurtimiz ham bor
Server Jeparov esa «Barselona» darvozasini ishğol qilgan.
Bugun Yevropa çempionlar ligasining 5-turida Ozarbayjonning «Sabah» klubi «Barselona»ni qabul qiladi. Umarali Rahmonaliyev maydonga tuşsa, u Özbekiston terma jamoasi safida ham öynagan futbolçilar orasida Kataloniya klubiga qarşi Çempionlar ligasida bahs olib borgan törtinçi futbolçiga aylanadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 22:45 da boşlanadi.
1994-yilda Andrey Pyatnitskiy Moskvaning «Spartak» klubi safida «Barselona»ga qarşi ikki bor maydonga tuşgan. Moskva klubi uyda 2:2 hisobida durang öynagan, «Kamp Nou»da esa 1:5 hisobida mağlub bölgan. 2002-yilda Vladimir Maminov Moskvaning «Lokomotiv» klubi safida «Barselona»ga qarşi ikkala bahsni ham töliq ötkazgan. Oleg Paşinin esa safardagi öyinda 90 daqiqa harakat qilgan. «Lokomotiv» uyda 1:3, safarda 0:1 hisobida yutqazgan.
Server Jeparov esa «Barselona» darvozasini ishğol qilgan. 2009-yil yanvarida «Bunyodkor» Kataloniya klubi bilan örtoqlik uçraşuvida 1:1 hisobida durang öynagan. Karles Puyol hisobni oçgan, «Bunyodkor» sardori Jeparov esa 37-daqiqada hisobni tenglaştirgan. Lionel Messi, Xavi, Samuel Eto’O va Tyerri Anri öşa bahsda «Barselona»ning asosiy tarkibida maydonga tuşgan.