Kotrina Kulbite: «Özbekiston xalqaro maydonda öz örniga ega ekanini isbotlamoqçimiz»
Özbekiston ayollar terma jamoasi ustozi FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
Özbekiston ayollar terma jamoasi boş murabbiyi Kotrina Kulbite FIFA’ga bergan intervyusida jahon çempionati sari yöl, Braziliyada ötgan yillari va ilk yöllanmaning özbek futboli uçun ahamiyati haqida gapirdi.
— Braziliyada ötadigan jahon çempionati siz uçun nega alohida ahamiyatga ega?
“ 2018–2020-yillarda San-Pauluda futbol sohasida işladim, individual maşğulotlar ötkazdim va portugal tilini örgandim. Braziliya madaniyati va odamlari menga yoqib qoldi. Bir kun u yerga qaytişimni öylardim. Endi Marta kabi futbolçilarni yetiştirgan mamlakatga Özbekiston terma jamoasi bilan boriş imkoniyatimiz bor”.
— Osiyo kubogida Filippinga qarşi keçgan bahs sizga nimani örgatdi?
“Öşa öyinda jahon çempionatiga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatimiz bor edi. Jamoa ançadan beri şunday muhim bahsda qatnaşmagani uçun bosimni yengiş oson bölmadi. Sönggi bir yil i Golden kuçli raqiblarga qarşi öynab, tajriba töpladik. Masalan, Osiyo öyinlarida Xitoy bilan durang öynadik. Hozir pley-offga tayyormiz, deb öylayman”.
— Özbekiston ilk bor ayollar jahon çempionatiga çiqsa, bu qanday ta’sir körsatadi?
“Dunyoning eng kuçli terma jamoalariga qarşi öynaşimiz mamlakat uçun katta voqea böladi. Köproq qizlar futbolni öz kasbi sifatida tasavvur qila boşlaydi. Bunday natija ayollar futboliga sarmoya jalb qiliş, maşğulot şaroitlarini yaxşilaş va futbolçilar uçun professional imkoniyatlarni kengaytirişga yordam berişi mumkin”.
— Murabbiy sifatida şakllanişingizga kim eng katta ta’sir körsatgan?
“Otam boks murabbiyi. Uning şogirdlari Yevropa va xalqaro miqyosdagi yirik musobaqalarda qatnaşgan. Otamning misoli menga qat’iyatni örgatdi. Özbekiston terma jamoasidagi faoliyatimni esa murabbiylikdagi eng yoqimli davrim deb bilaman”.
— Marokashdagi pley-off oldidan jamoaga nima demoqçisiz?
"Öz kuçimizga işonişimiz va maydonda öz vazifamizni bajarişimiz kerak. Özbekistonda futbol öynayotgan qizlar köpaymoqda. Şu qiziqişni saqlab, oldinga yursak, pley-offning yakuniy bosqiçiga çiqiş imkoniyatimiz bor." , - dedi Kulbite.
Özbekistonning Rabotdagi öyinlari
28-noyabr — Papua-Yangi Gvineyaga qarşi
1-dekabr — Ganaga qarşi
5-dekabr — Janubiy Afrika Respublikasiga qarşi
Olti jamoa orasida dastlabki ikki örinni egallagan terma jamoalar pley-offning yakuniy bosqiçiga yöl oladi.