Özbekiston kubogi finalçilari aniqlandi: «Navbahor» va «Lokomotiv» bosh sovrin uçun kuraşadi
24-noyabr kuni musobaqaning yarim final uçraşuvlari ötkazildi.
Futbol böyiça 2026-yilgi Özbekiston kubogining hal qiluvçi uçraşuvida Namanganning «Navbahor» hamda Toşkentning «Lokomotiv» klublari özaro bahs olib boradigan böldi.
24-noyabr kuni musobaqaning yarim final uçraşuvlari ötkazildi.
Toşkentdagi «Lokomotiv» stadionida OKMK bilan kuç sinaşgan Timur Kapadze şogirdlariga final yöllanmasini Joel Kojoning goli keltirdi. Hujumçi 21-daqiqada Ruslan Jiyanovning uzatmasidan söng raqib darvozasini işğol etdi.
Olmaliqliklar ikkinçi bölimda hisobni tenglaştiriş uçun bir qator imkoniyatlarga ega böldi. Biroq «Navbahor» darvozaboni Ötkir Yusupov öz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi — 0:1.
Ikkinçi finalçi esa Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida keçgan 120 daqiqalik bahsda aniqlandi. «Andijon» va «Lokomotiv» örtasidagi uçraşuvning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Andijonliklar 75-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
Qöşimça vaqtda toşkentliklar ikkita gol urdi. 97-daqiqada Muhammadali Reimov hisobni oçgan bölsa, 108-daqiqada Temurxöja Abduxoliqov Jasurbek Yaxşiboyevning uzatmasidan söng «Lokomotiv»ning finalga çiqişini ta'minladi — 2:0.
Özbekiston Professional futbol ligasi avvalroq e'lon qilgan rejaga muvofiq, «Navbahor» va «Lokomotiv» örtasidagi final uçraşuvi 10-dekabr kuni poytaxtdagi «Paxtakor» stadionida ötkaziladi.
Özbekiston kubogi. Yarim final
OKMK – «Navbahor» 0:1
Gol: Joel Kojo (21).
«Andijon» – «Lokomotiv» 0:2 (qöşimça vaqtda)
Gollar: Muhammadali Reimov (97), Temurxöja Abduxoliqov (108).
Final. 10-dekabr
Toşkent, «Paxtakor» stadioni.
«Navbahor» – «Lokomotiv».