Quvasoy tabiatida qishki sukunat
FOTOREPORTAJ
Qish fasli Quvasoy shahri tabiatiga o‘ziga xos ko‘rk va sokinlik bag‘ishlamoqda. Kumush tusga kirgan dalayu dashtlar, bog‘u rog‘lar qishki orom og‘ushida.
Shaharning «Valik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi sun’iy hovuz va atrof-muhit manzarasi ayniqsa e’tiborga molik. Qishki sukunat bag‘ridagi daraxtlar, qushlar va o‘t-o‘lanlar tabiatning bahorga hozirlik jarayonini eslatadi.
[gallery-27695]
Mevali bog‘lardagi hayot hududda mehnat va farovonlik barqaror ekanidan dalolat beradi. «Valik» bog‘larida yetishtirilayotgan mevalar ichki bozor bilan bir qatorda eksportga ham yo‘naltirilmoqda.
Ayni kunlarda shahar tabiati osoyishta. Sukunat zamirida esa yangi fasl nafasi va hayot davomiyligi mujassam.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA