Quriliş obʼektlariga press-tur taşkil etildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan Nukus şahrida amalga oşirilayotgan quriliş, rekonstruksiya va kommunal infratuzilma işlari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uçun press-tur taşkil etildi.
Tadbirdan közlangan asosiy maqsad – hududda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, kommunal xizmatlarning sifati va infratuzilma loyihalari haqida jamoatçilikka xolis va tezkor axborot yetkazişdan iborat.
Press-tur iştirokçilari dastlab Nukus şahridagi köp xonadonli turar joylarda energiya samaradorligini oşiriş va kompleks modernizatsiya işlari bilan tanişdi. Xususan, 26 kiçik tuman 10 uyda FELICITY II pilot loyihasi doirasida energiya samaradorligini oşiriş işlari amalga oşirildi. 5 qavatli, 60 kvartiradan iborat bu uyning taşqi devorlari issiqlik saqlovçi materiallar bilan qoplandi va binoning energiya samaradorligini oşirişga qaratilgan kompleks modernizatsiya işlari bajarildi.
Keyingi manzil Nukus şahridagi “Yoş avlod” mahalla fuqarolar yiğini böldi. Mazkur mahalla fuqarolar yiğini hududida “Nukus kommunal servis” boşqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan işlar közdan keçirildi.
[gallery-32595]
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-fevraldagi “Köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş, aholiga sifatli xizmat körsatiş, boşqariş organlari barqarorligini taʼminlaş va tölov intizomini yaxşilaş, sohada davlat boşqaruvi samaradorligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur qaror ijrosi doirasida mahalladagi köp xonadonli uylarning tutaş hududlarida infratuzilma obʼektlarini quriş va rekonstruksiya qiliş işlari olib borildi. Şuningdek, obodonlaştiriş, aholining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 11 ta köp qavatli uyning fasad qismlari taʼmirlanib, 3 ta zamonaviy bolalar maydonçasi barpo etildi.
Tadbir iştirokçilari “Olmazor” mahalla fuqarolar yiğinidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida rekonstruksiya işlari va qöşimça 660 örinli yangi bino qurilişi loyihasi bilan tanişdi. Bu işlar Prezidentimizning 2025-yil 27-dekabrdagi “2026 — 2028-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori bilan amalga oşirilmoqda.
Press-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan oçiq muloqot ötkazilib, sohada amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-noyabrdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ikkinçi bandida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining Nukus şahrida “Jolşilar” mahallasi Aşşiköl hududidagi 270 gektar maydonda “Nukus city”ni barpo etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilgan. Loyiha 50 ming nafar aholiga möljallangan bölib, unda ilğor arxitektura yeçimi va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalaniş nazarda tutilgan. Mazkur loyiha Nukus şahrining zamonaviy qiyofasini şakllantiriş, uy-joy va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş hamda aholi uçun munosib yaşaş şaroitlarini yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida jami 136 ta köp kvartirali uyda taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş belgilangan. Jumladan, 2 ta uyning tom qismi mukammal taʼmirlandi, 25 ta uyning yertölasidagi muhandislik kommunikatsiyalari, 5 ta uyning içki muhandislik tarmoği hamda 9 ta uyning fasad qismi taʼmirlandi.
Isteʼmolçilarni issiqlik energiyasi bilan barqaror taʼminlaş hamda 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida byudjet mablaği hisobidan Nukus şahridagi “Köközak” mahalla fuqarolar yiğini hududida joylaşgan qozonxonaga quvvati 4 MVt bölgan yangi isitiş qozoni örnatildi. Şuningdek, “Naupir” mahalla fuqarolar yiğini hududida yangidan qurilgan 8 ta köp kvartirali uyga issiqlik yetkazib beriş maqsadida jami 1,4 km issiqlik tarmoği (şundan 0,8 km markaziy issiqlik taʼminoti va 0,6 km taqsimlovçi issiqlik tarmoği) tortildi.
Bundan taşqari, 9 ta qozonda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Bugungi kunga qadar 4 MVt quvvatli isitiş qozonini örnatiş, 1,4 km issiqlik tarmoğini quriş hamda 9 ta isitiş qozonini joriy taʼmirlaş işlari töliq yakunlanib, obʼektlar kuz-qiş mavsumida foydalanişga tayyor holatga keltirildi.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar özlarini qiziqtirgan savollariga javob olişdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA