Qudratli armiya — işonçli himoya
Sirdaryo viloyatining Guliston şahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar maskanida «Özbekiston armiyasi — keça va bugun» mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Unda Mudofaa vazirligi Kadrlar boş boşqarmasi vakili, Toşkent harbiy okrugi qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, Guliston harbiy prokurori, Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi vakillari, Qurolli Kuçlar faxriylari hamda harbiy xizmatçilar iştirok etişdi.
Tadbirda mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, davlat çegaralari daxlsizligini himoya qiliş va milliy xavfsizlikni mustahkamlaşda harbiy xizmatçilarning masʼuliyati, ularning jangovar şayligi, kasbiy mahorati va xizmat intizomining ahamiyati haqida söz yuritildi.
Toşkent harbiy okrugi qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, polkovnik Nozimjon Bulturov öz çiqişida harbiy xizmatçilarning harbiy nizom va xizmat tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilişi, xizmat vazifalarini masʼuliyat bilan bajarişi, harbiy jamoalarda özaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaşi zarurligini taʼkidladi.
Guliston harbiy prokurori, adliya polkovnigi Farrux Djumayev esa harbiy xizmatçilar tomonidan qonunçilik talablari va harbiy nizomlarga rioya etilişi, xizmat davomida qonuniylikni taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda şaxsiy masʼuliyatni oşiriş masalalariga töxtaldi.
Qurolli Kuçlar faxriysi, general-mayor Rahmatullo Ataxanov «Özbekiston armiyasi — keça va bugun» mavzusidagi maʼruzasida milliy armiyamizning şakllaniş va rivojlaniş bosqiçlari, mustaqillik yillarida mudofaa sohasida amalga oşirilgan islohotlar hamda bugungi Qurolli Kuçlarimizning salohiyati haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, Prezidentimiz — Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev rahbarligida harbiy qismlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, jangovar tayyorgarlikni oşiriş va harbiy xizmatçilar uçun zarur şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlarga eʼtibor qaratdi.
[gallery-32532]
Uçraşuvda zamonaviy armiya uçun yuksak kasbiy tayyorgarlik bilan bir qatorda, harbiy xizmatçilarning bilim va intellektual salohiyatini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş ham muhim ekani qayd etildi. Şu munosabat bilan harbiy xizmatçilar örtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş, badiiy va tarixiy adabiyotlarni mutolaa qiliş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbirda, harbiy xizmatçilarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, xizmat va yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, ularning kasbiy rivojlanişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almaşildi. Iştirokçilar harbiy jamoalarda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, yoş harbiy xizmatçilarning vatanparvarlik tuyğusi va ijtimoiy faolligini oşiriş yuzasidan takliflar bildirdilar.
Tadbirning ikkinçi qismida Toşkent harbiy okrugi qömondonining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari hamda Guliston harbiy prokurori tomonidan harbiy xizmatçilar uçun sayyor qabul ötkazildi.
Qabul davomida harbiy xizmatçilarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat va tuşuntirişlar berildi. Kötarilgan muammolarni amaldagi qonunçilik talablari asosida hal etiş böyiça tegişli tavsiyalar bildirildi.
Sayyor qabul harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, murojaatlarni joyida örganiş hamda mavjud masalalar yeçimiga kömaklaşişga qaratildi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari