Qozog‘istonda sportchimiz g‘olib bo‘ldi
Nur-Sulton shahrida kamondan otish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda iste’dodli sportchimiz Munisaxon Yo‘ldosheva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Svetlana Li xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Gruziya, O‘zbekiston hamda mezbonlarning 100 nafarga yaqin sportchisi ishtirok etdi. Bahslarda Vatanimiz sharafini Beknur Nasriddinov va Munisaxon Yo‘ldosheva o‘z yo‘nalishida himoya qildi, deya xabar qildi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.
Xalqaro turnirda B.Nasriddinov kamondan otishning aralash jamoa mashqida faxrli 4-o‘rinni egalladi. Munisaxon Yo‘ldosheva esa yakkalik bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi hamda haqli ravishda musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA