Qozog‘istonda endi parlament rasman Qurultoy deyiladi
1-iyul kuni Qozog‘istonda mamlakatning eng yuqori vakillik organi hisoblangan yangi Qurultoy to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi.
Hozirgi parlamentni almashtiradigan Qurultoy besh yil muddatga mutanosib vakillik asosida saylanadigan 145 deputatdan iborat bo‘ladi.
Deputat Aydos Sarim aytishicha, yangi institut parlamentning qonun chiqaruvchi vazifasini saqlab qoladi, davlat idoralarini shakllantirishda ishtirok etadi va parlament nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, tarixiy nuqtai nazardan parlamentning huquqiy vorisiga aylanadi.
S.Rahimov, O‘zA