"Qo‘shqanot" teleloyihasi TURKSOY mukofotiga sazovor bo‘ldi
Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan "Qo‘shqanot" xalqaro televizion loyihasi TURKSOYning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Axborot hamkorimiz - “Kabar” AA yozishicha, mukofot loyiha muallifi, qirg‘izistonlik prodyuser Nuriza Chintemirovaga Turkiyaning Trabzon shahrida bo‘lib o‘tgan III Turkiy dunyo yoshlar forumida topshirilgan.
Joriy yil 17-21-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan anjumanda 21 mamlakatdan 150 ga yaqin yosh yetakchilar va media mutaxassislari ishtirok etdi. Unda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida turkiy xalqlar madaniyati va an’analarini asrab-avaylash masalalari muhokama qilingan.
A.Mamatov, O‘zA