Fransiyada “Shamonda” virusini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi
Fransiya sog‘liqni saqlash idoralari “Hospices Civils de Lyon” kasalxonasida jiddiy xastaligi uchun davolanayotgan immunitet tanqisligi yuqori bo‘lgan bemor "Shamonda" virusi bilan kasallanganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, bemor oktabr oyining boshida vafot etgan. Ilgari ushbu virus odamlarga yuqishi mumkin emas deb hisoblangan.
Bemorda “Shamonda” virusining aniqlanishi ushbu virusning inson organizmida qayd etilgan ilk hujjatlashtirilgan holati hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu virus “Culicoides” turkumiga kiradi va chivinlar chaqishi orqali hayvonlarga yuqadi. Virus haqida ma’lumot birinchi marta 1960-yillarning o‘rtalarida Nigeriyada ma’lum bo‘lgan. 2026-yil yozida u birinchi marta Fransiyada aniqlandi.
S.Rahimov, O‘zA